Get Mystery Box with random crypto!

#Tafakkur Donishmand yigitdan so‘radi: – Nega baliq yeysizlar? | Ruhiyat Radiosi Chat lar uchun

#Tafakkur
Donishmand yigitdan so‘radi:
– Nega baliq yeysizlar? -
Yigit:
– Yaxshi ko‘rganimiz uchun...
– Baliqni yaxshi ko‘rganingiz uchun yeysizmi? Shuning uchun uni tutib, o‘ldirib, pishirasizmi?!
Siz baliqni yaxshi ko‘raman demang! Siz o‘zingizni yaxshi ko‘rasiz! Sizning nafsingizga baliq ta’mi yoqadi, shuning uchun uni suvdan tutib olib o‘ldirasiz va pishirib yeysiz..!

Aksariyat odamlarning munosabati shu baliqqa bo‘lgan muxabbatiga o‘xshaydi... o‘z nafsi va istagi uchun yaxshi ko‘rganlarining jonini, erkini tortib oladi, uni jamiyki borlig‘idan ayiradi, o‘ziga bo‘ysintiradi...

Asl muxabbat esa berish demakdir, tortib olish emas...


Telegram Instagram