2023-01-07 21:21:52
#Ibratli_singil
Qadim zamonda podshoh bir yigitni aybi uchun oilasi bilan o'limga hukm qilibdi. Podshoh mahbuslarni oxirgi so'zlarini eshitmoqchi bo'lib zindonga boribdi.
Podshoh birinchi bo'lib yigitning otasidan so'rabdi: "— Oxirgi so'zingizni ayting!?" Yigitning otasi: "— O, podshohi olam, biz o'lganimizdan so'ng, bir hovuch fotiha o'qing. Sizni duoingiz ijobat bo'ladi.
"Podshohlar Allohning yerdagi soyasidir"- deganlar".
Podshoh yigitning onasini yoniga kelib so'rabdi: "— Ey, Ona! Oxirgi so'zingiz nima?!".
Ona javob qaytaribdi: "— Podshohi olam, onaga dunyoda eng yomoni, farzandining jon berishini ko'rmog'idir. U dunyo-yu bu dunyo bundan ortiq azob yo'q ona uchun! Oldin meni osishsin. Zeroki, farzandimni o'limini ko'rmay..."
Navbat yigitning yakka-yu yagona singlisiga kelibdi, podshoh: "— Ayt oxirgi tilaging nima? Men uni bajaraman. Singil javob beribdi: "— Menga igna ip keltirsalar, iltimos. Ko'ylagimning etagi yirtilibdi, shuni tikib olay".
Podshoh: "— Sen ertalab saharda shahar o'rtasida dorga osilasanku, nima qilasan etagingni tikib, endi nima farqi bor, nima foyda bundan?!"
Singil javob qaytaribdi:
"— Ey, Podshohi olam! Men akamning singlisiman! Akam esa menga : "— Hayoli, iboli qiz bo'lgin"- deganlar! Meni hamisha tergab, yurish-turishimni nazorat qiib begona ko'zlardan saqlaganlar... Ertaga xaloyiqni oldida dor ostiga qanday etagi yirtilgan ko'ylak bilan chiqaman?! Uyat — o'limdan yomon! Akam mayli jinoyat qilgandir, lekin umrimni oxirigacha akamga munosib singil bo'lay, ijozat bering..."
Podshoh ko'ziga yosh olib: "— Hammalaringizni ozod etdim, gunohlaringizdan kechdim! Shunday singilga aka bo'lgan yigitni kechirmay bo'ladimi?.. Afv etdim!" – degan ekan...
Menga yoqib qoldi
12 viewsMs Monica, 18:21