Get Mystery Box with random crypto!

Orzu qilish bilangina bo'lmaydi... Bir odam Rasululloh (s.a.v | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

Orzu qilish bilangina bo'lmaydi...

Bir odam Rasululloh (s.a.v.)ni tushida ko‘rishni orzu qilardi. Buning yo‘lini ilmli kishidan so‘radi. Olim aytdi:

– Uyqu oldidan sho‘r baliq yeb yot, ammo suv ichma!

Kishi hayron bo‘ldi – Rasululloh (s.a.v.)ni tushda ko‘rish bilan sho‘r baliq yeyish orasida qanday bog‘liqlik bor? Lekin shunday bo‘lsa-da, olim aytgan ishni qildi. Qanchalik chanqamasin, suv ichmadi. Sahargacha tushiga faqat chashmalar, buloqlar kirdi. Uyg‘ondi-yu olimning oldiga yugurdi:

– Menga Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ni ko‘rasan, degan edingiz. Biroq tushimga suvdan boshqa narsa kirmadi-ku!

– Buning uchun orzuning o‘zi kifoya qilmaydi, – tabassum bilan dedi olim. – Rasululloh (s.a.v.)ga bo‘lgan muhabbat tuzli baliq yeb, suvga tashna bo‘lgandek joningni yondirsin.
Shundagina U Zot (s.a.v.)ni ko‘rasan.

Hammaga ulashing
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi