Get Mystery Box with random crypto!

​​Ey qalb, hech kimdan ranjima... Inson unutuvchan... Bugun r | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

​​Ey qalb, hech kimdan ranjima...
Inson unutuvchan...
Bugun ranjitgan qalbini, ertaga mutloq unutadi..

Ey yurak, hadeb tilka pora bo‘laverma...
Hayot sinov uchun berilgan bir ne’mat...
Har ish ham o‘tib borishini unutma...

Ey ko‘ngil, insonlar qalbida abadiy qolish uchun urunma...
Hech kimni mutloq rozi qilolmaysan....
Unutma! Insonlar qalbi Jannat emas!
Ular ham xatokor...

Ey vujud, sen uchun ham bir kun javob beraman...
O‘sha kunda menga qarshi so‘zlashingdan qo‘rqaman..
Axir seni avaylab asrolmadim.

Ey Robbim....
Ey qalbimiz Egasi..
Biz gunohkor, ojiz, xatokor bandalaringni O‘zing kechir....
Haq yo‘lga boshla...
Adashishdan asra...!


https://t.me/Rumiy_AforizmlariUz

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi