Get Mystery Box with random crypto!

Metodik ishlari viloyat miqyosida ommalashtirilib, Respublika | Respublika ta’lim markazi |Rasmiy

Metodik ishlari viloyat miqyosida ommalashtirilib, Respublika miqyosiga tavsiya etilgan pedagoglar diqqatiga!

Metodik ishlari Respublika bosqichiga tavsiya qilingan talabgorlar joriy yilning 1-7-iyun kunlari onlayn ravishda zoom orqali taqdimotini himoya qilishlari kerak boʻladi.

Taqdimot qilish uchun 75-80 ball oraligʻida baholangan pedagoglarga ruxsat beriladi. Pedagoglarning Respublika bosqichiga tavsiya etilgan ishlari Respublika taʼlim markazi Ilmiy-metodik kengashining ekspertlar guruhi tomonidan tekshirilmoqda.

Taqdimot onlayn ravishda Zoom platformasi orqali viloyat markazida joylashgan hududiy Metodik xizmat koʻrsatish bo'limlarida tashkillashtiriladi.

Toshkent shahar Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining Oʻquv metodik kengashi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar Respublika taʼlim markazida oflayn taqdimot oʻtkazadi.

Keyingi postlarda taqdimotga qoʻyilgan talablar haqida maʼlumotlar berib boramiz.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram