Get Mystery Box with random crypto!

#Qonunchilikdagi_yangilikalar Huquq fani ustozlari uchun qu | Respublika ta’lim markazi |Rasmiy

#Qonunchilikdagi_yangilikalar

Huquq fani ustozlari uchun quvonarli yangilik...

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Farmoni (PF-80-son, 24.05.2024-y.) qabul qilindi.

maktablarda 2024/2025-o'quv yilidan:

Adliya vazirligining maxsus elektron platformasi orqali huquq fani oʻqituvchilarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borish hamda ularni metodik taʼminlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi;

oʻquvchilar oʻrtasida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi, huquq fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Eng yaxshi huquq oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovi oʻtkazib boriladi;

maktab oʻquvchilarining huquqiy bilimlarni mustaqil oʻzlashtirishiga qaratilgan koʻrgazmali oʻquv qoʻllanmalari, videoroliklar, kompyuter oʻyinlari va mobil ilovalar yaratiladi;

maktablarda “Huquq sinfi” va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab-litsey-texnikum-universitet” tizimini joriy etish.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram