Get Mystery Box with random crypto!

​​Labirintdan chiqish yoʻli Ajoyib kunlarning birida ustoz sh | Respublika ta’lim markazi |Rasmiy

​​Labirintdan chiqish yoʻli

Ajoyib kunlarning birida ustoz shogirdini togʻ etagiga olib bordi. U yerda devorlari tik va baland labirint qurilgandi. Tomi boʻlmaganidan yoʻlaklarning ichiga quyosh nuri tushar, yop-yorugʻ edi.

Usta shogirdini labirintga kiritib, chiqish yoʻlini topishni buyurdi. Shogird yoʻlaklar orasida butun kun va butun tun boʻyi adashib yurdi, borgan sari boshi berk yoʻllarga kirdi. Horib-charchab, madori qolmay, yiqildi va uyquga ketdi.

Kimdir yelkasidan turtayotganini sezib, koʻzlarini ochdi. Tepasida ustozi turardi:

– Ortimdan yur, – deb buyurdi u.

Labirintdan chiqishgach, ustoz togʻ tomon yoʻl boshladi. Choʻqqiga koʻtarilgach, u dedi:

– Pastga qara!

Ular turgan joydan labirint kaftdek namoyon edi.

– Bu yerdan turib chiqish yoʻlini topish oson-a? – dedi ustoz.

– Hech bir qiyin joyi yoʻq, – dedi shogird. – Diqqat bilan qaralsa boʻlgani.

– Qani, chiqish yoʻlini top-da, esingda saqlab qol.

Birozdan soʻng togʻdan tushishdi. Shogird labirintga ishonch bilan qadam qoʻydi va qiynalmay tezda chiqish yoʻlini topdi. Shundan soʻng ustozi unga shunday nasihat qildi:

– Vaziyatdan qancha uzoqlashib, unga qancha tepadan qarasang, toʻgʻri qaror qabul qilishing shunchalik oson boʻladi.

@oriftolib