Get Mystery Box with random crypto!

Dangasalik! Keling ilm olayotgan yoshlar haqida ozgina fikr y | Ro'zimuhammad l Shaxsiy Blog

Dangasalik!

Keling ilm olayotgan yoshlar haqida ozgina fikr yuritaylik. Yoshlarni ma'lum soha bo`yicha ko`p holda quyidagi sifatlar orqali guruhlarga ajratish mumkin:

1. Juda iqtidorli va mehnatkash;
2. O`rtacha iqtidorli va mehnatkash;
3. Juda iqtidorli lekin Dangasa;
4. Iqtidor yuqori emas lekin mehnatkash;
5. O`rtacha iqtidorli lekin dangasa;
6. Iqtidor yuqori emas uni ustiga dangasa ham
.

Yuqoridagi 6 ta toifadagi yoshlarni qaysilari bilan ishlash samarali va insonni zavqlantiradi deb o`ylaysiz. Menga shulardan tanlab ishlash aytilsa o`ylab o`tirmasdan avvalo 1-toifadagini, agar undayi bo`lmasa 2-toifadagini, undayi ham bo`lmasa 4-toifadagini tanlagan bo`lar edim. Nimaga 3-toifadagini tanlamaysiz, juda iqtidorliku? deyishingiz mumkin. Juda iqtidorli lekin dangasa bo`lgan yosh bora bora iqtidorini yo`qotadi, kamdan-kami o`zini o`nglab oladi. Bundaylar bilan ishlash odamni hafsalasini pir qiladi, ishga bo`lgan g`ayratini so`ndiradi. Bundaylar Alloh bergan iqtidorni dangasalik bilan barbod qilgani uchun alohida javob beradi deb o`ylayman.

Fransiya va Singapurda ko`pgina yoshlar bilan ishlash imkonim bo`ldi. Ularni aksariyati 1 va 2 toifadagi bolalar ayniqsa 2-toifadagilar ko`p. Bizdachi? Bizda iqtidorli bolalar ko`p lekin ularni orasida 3 va 5-toifadagilar to`lib yotibdi, va afsuski aksariyati shulardan iborat.

Menda Singapur milliy universitetida matematikadan maxsus guruhiga dars o`tish imkonim bo`ldi, xuddi shunday O`zbekiston milliy universitetida ham maxsus guruhga dars berganman. Imkoniyatdan foydalanib ularni solishtirdim. Singapurdagi guruhda, maxsus guruh bo`lganligi uchun hammasi eng kamida o`rtacha iqtidorli, juda iqtidorlilari kam, Milliydagi guruhdagi bolalarning esa aksariyati judaham iqtidorli. Bu juda zo`rku deyishingiz mumkin, lekin boshqa tomon hammasini hal qilyapti, dangasalik. Singapurdagi (maxsus) guruhdagi talabalarni ichida dangasasini deyarli topolmaysiz lekin bizdagi yoshlarning aksariyati dangasa, juda dangasa. Bu ko`p narsani hal qiladi, ayniqsa keyingi hayot yo`lini.

Dangasalikni yo`qotsak bizdan eng kuchli kadrlar yetishib chiqqan bo`lar edi deb o'ylayman, Allahu A'lam.

@karimraximov kanalidan