Get Mystery Box with random crypto!

TARAQQIYОT STRATEGIYАSI LOYIHASI MUHOKAMADA Yangi O'zbekis | Milliy tiklanish demokratik partiyasi Romitan tuman Kengashi

TARAQQIYОT STRATEGIYАSI LOYIHASI MUHOKAMADA

Yangi O'zbekistonning 2022–2026-yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasi muhokamasiga bag'ishlab, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Buxoro viloyati Kengashida Oliy Majlis Senati va partiyadan saylangan viloyat kengashi deputatlari, partiya faollari, OAV vakillari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida kelgusi besh yillikda yurtimizda amalga oshiriladigan islohotlarga qaratilgan Yangi O'zbekistonning 2022–2026-yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasi keng muhokama qilindi.
So'z olgan Oliy Majlis Senati a'zosi Abira Huseynova, partiya viloyat Kengashi raisi Maxsud Muxammedovlar taraqqiyot strategiyasi loyihasi yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarga hamohang ravishda inson va uning manfaatlari ustuvorligini ta'minlashda muhim o'rin tutishini alohida qayd etishdi.
Muhokama davomida loyiha yuzasidan ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosida takliflar tayyorlandi.
So'ngida 2021 yilning eng faol va tashabbuskor deputatlariga partiya Markaziy Kengashi raisi Alisher Qodirov hamda vilovat kengashi raisi tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.
MTDP Buxoro viloyati Kengashi Axborot xizmati