Get Mystery Box with random crypto!

​​Garchi hayot erkalamas bo'lsa mayli, Mayus ko'zlar yoshlar b | •❤•ßΐřÐσηαℳ•❤•

​​Garchi hayot erkalamas bo'lsa mayli,
Mayus ko'zlar yoshlar bilan to'lsa mayli,
Sadoqatda tanho bo'lib misli layli,
Gulim meni bahor bo'lib sevsang bo'ldi.

Yetmay qolsa senga qo'lim,
Ayro bo'lib taqdir yo'lim,
Birga bo'lmasak sevgilim,
Jonim meni bahor bo'lib sev.

O'rmalasin ko'zlarimdan hijron yoshi,
Balolarda qolar ekan oshiq boshi,
Mayli bir kun botar bo'lsa ishq quyoshi,
Gulim meni bahor bo'lib sevsang bo'ldi.

Yetmay qolsa senga qo'lim,
Ayro bo'lib taqdir yo'lim,
Birga bo'lmasak sevgilim,
Jonim meni bahor bo'lib sev.

Mayli umrim o'tib ketsin sahrolarda,
Oshiqlikda majnun ko'rgan savdolarda,
Darak berib mayin esgan sabolarda,
Gulim meni bahor bo'lib sevsang bo'ldi.


➶⁀➷‿➶⁀➷‿ ➶⁀➷‿

➫https://telegram.me/joinchat/AAAAAEIAGTkKSCl0ufWmAA