Get Mystery Box with random crypto!

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida arxitektura, qurilish | Rmedu.uz rasmiy kanal

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida arxitektura, qurilish va shaharsozlik sohasidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Yigʻilish avvalida davlatimiz rahbari Qoraqalpogʻistondagi vaziyat haqida toʻxtalib oʻtdi.

"Bu yerda sodir boʻlgan noxush voqealar barchamizda tashvish va iztirob uygʻotishi tabiiydir.

Nukus shahrida yuz bergan voqealar natijasida, afsuski, bir qancha fuqarolar halok boʻldi va jabr koʻrdi.

Shu munosabat bilan oʻz yaqinlarini yoʻqotgan oilalarga chin yurakdan hamdardlik bildiraman. Shifoxonalarda davolanayotgan bemorlarga esa tezroq sogʻayib ketishlarini tilayman.

Mana shunday daqiqalarda tinchlik va inson hayoti naqadar bebaholigini, uni asrab-avaylash naqadar muhim ekanini, bunga barchamiz masʼul ekanimizni yanada chuqur his etamiz", — dedi Prezident.

Bizni kuzating: @eduuz