Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 26-avgust, Juma. Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 238-k | "Qarshi MTU" UK Rasmiy kanali

Bugun 26-avgust, Juma.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 238-kuni.
Yil yakuniga 129 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Xalqaro aktyorlar kuni
Abxaziyada Mustaqillik kuni
Argentinada birdamlik kuni
Malayziyada Mustaqillik kuni
Namibiyada qahramonlar kuni

VOQEALAR:

1728-yil — dengizchi Vitus Bering Osiyo va Amerika o‘rtasidagi Bering bo‘g‘ozi deb nomlangan bo‘g‘ozni kashf etdi.
1743-yil — Angliyada ingliz bokschisi Jek Bruton tomonidan ishlab chiqilgan boks musobaqalari uchun dunyodagi birinchi qoidalar nashr etildi.
1801-yil — Filipp Le Bon ikki zarbali ichki yonish dvigatelini patentladi.
1858-yil — Telegraf orqali birinchi xabar yuborildi.
1895-yil — Niagara sharsharasida gidroelektr stantsiyasi ochildi.
2009-yil — Eng baland tog‘-gaz quvuri “Dzuarikau — Tsxinval” ishga tushirildi.

TAVALLUDLAR:

1740-yil — Jozef Mishel Montgolfye —  fransuz ixtirochisi, havo shari yaratuvchilardan biri.
1743-yil — Antuan Lavuazye — fransuz olimi, zamonaviy kimyo asoschisi.
1850-yil — Sharlz Rishe — fransuz fiziologi, immunolog, fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha “Nobel” mukofoti sovrindori.
1882-yil — Jeyms Frank — nemis fizigi, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1906-yil — Albert Sabin — polsha-amerikalik shifokor, mikrobiolog va virusolog, poliomielitga qarshi jonli vaktsina yaratuvchisi.
Manba: ykfoundation

@rjukarshi