Get Mystery Box with random crypto!

TEMIR YO‘L TRANSPORTI HAMDA METROPOLITENDA HARAKAT VA TASHISHL | "Qarshi MTU" UK Rasmiy kanali

TEMIR YO‘L TRANSPORTI HAMDA METROPOLITENDA HARAKAT VA TASHISHLAR XAVFSIZLIGI TALABLARINING BUZILISHI BILAN BOG‘LIQ HODISALARNI TASNIFLASH, XIZMAT TEKSHIRUVINI OLIB BORISH VA HISOBGA OLISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOM

15. Hududida harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalar sodir bo‘lgan temir yo‘l transporti subyektlari yoki metropoliten mas’ul xodimlari mavjud aloqa vositasi (telefon, telegraf va boshqa aloqa vositalari) orqali O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy filiallari (bundan buyon matnda “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (avtotransport vositalari bilan bog‘liq hodisalarda), O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini hamda harakatdagi tarkib va yuk manfaatdori yoki tegishli egalari sodir bo‘lgan hodisa haqida darhol xabardor qilishlari lozim.

Manba: lex.uz

|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|Site|