Get Mystery Box with random crypto!

Ish yo‘qmi? Unda siz kompaniyalarni «hunting» qiling. Yaxsh | Rizqim.uz

Ish yo‘qmi? Unda siz kompaniyalarni «hunting» qiling.

Yaxshi dasturchi va mutaxassislarni kompaniyalar «hunting» qilishadi. Yaʼni eski ish joyiga nisbatan yaxshi sharoit va ko‘proq oylik, istiqbolli kelajakni vada qilib o‘zlariga eng yaxshi mutaxassislarni yig‘ishadi

Kompaniyalar mutaxassislarni ovlagani kabi, siz ham kompaniyalarni «hunting» qilishingiz yaʼni ovlashingiz mumkin. Bu bo‘yicha sizga ishlaydigan qo‘llanma berib o‘tamiz, foydalanib ko‘ring natijasi bo‘ladi.

1-qadam: Ijtimoiy tarmoqlar, IT ish eʼlon qilib boruvchi kanallar va mahalliy statistikalari orqali IT kompaniyalar nomi, telefon raqamlari va ularning manzilini yig‘ib chiqasiz.

2-qadam: Ularga ketma ketlik bilan qo‘ng‘iroq qilib chiqasiz. Va o‘zingizni taklifingiz berib boshlaysiz. Ko‘pchiligi qiziqish bildirmasligi mumkin ammo siz aloqaga chiqayotgan kompaniyalar ko‘paygani sari imkoniyatlaringiz oshib boradi.

3-qadam: Ularni manzili bo‘yicha ofisiga borib, intervyudan o‘tishga tayyor ekanligingizni va biroz vaqt ajratishini so‘rab ko‘rishingiz mumkin.

Ish yo‘q sohada deb turgandan ko‘ra shu qadamlarni bajarganingiz maʼqulroq. Siz nima deysiz bunga?

@rizqimuz - Ishchi va ish beruvchini uchrashtiruvchi va yaxshilik ulashuvchi milliy platforma

#matnlidars #dars99