Get Mystery Box with random crypto!

Barcha OTMda qoraqalpogʻistonliklar yoshlar uchun alohida 6,5 | Respublika muallimlari - rasmiy kanali

Barcha OTMda qoraqalpogʻistonliklar yoshlar uchun alohida 6,5 mingta qabul kvotalari joriy etiladi

Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgi Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ma'lum qilindi.

Qoraqalpogʻistonda taʼlimni rivojlantirish va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflardan kelib chiqib, Prezident mutasaddilarga:

faqat Qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun mamlakatimizdagi barcha oliygohlarga alohida 6,5 mingta qabul kvotalari joriy etish;

Qoraqalpogʻistondagi ehtiyojdan kelib chiqib, ekologiya, qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya, qurilish sohalarida tayanch doktoranturada qoʻshimcha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyishga topshiriq berdi.

Kanalga obuna

Kanal manzili
https://t.me/Respublikamuallimlari