Get Mystery Box with random crypto!

​​Hozirgacha e’lon qilinmagan javoblar: bakalavrda kasbiy-i | 💾 Resource English 🔎

​​Hozirgacha e’lon qilinmagan javoblar:

bakalavrda kasbiy-ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tgan yo‘nalishlarning yakuniy javoblari, ya’ni kim kirdi, kim kirmadi, haligacha e’lon qilinmadi. Qachon e’lon qilinishi noma’lum;

magistraturaning yakuniy javoblari haligacha e’lon qilinmadi. Garchi hammaga o‘zi to‘plagan ballari o‘sha zahoti chiqqan bo‘lsa ham, ammo rasman kim kirdi, kim kirmadi, buni bilib bo‘lmayapti. Qachon e’lon qilinishi noma’lum;

o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq ko‘plab arizalarning ham hali javobi e’lon qilinmadi. Masalan, bunga misol qilib, turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlarning javoblari yoki ayrim vazirliklar tomonidan turdosh bo‘lganlarning ham javoblari haligacha e’lon qilinmaganini keltirish mumkin. Qachon e’lon qilinishi noma’lum.

Eng yaxshi maslahat: kutishdan boshqa iloj yo‘q. Yaqin kunlarda e’lon qilishga va’da berishgan.

Barcha abituriyentlarga tarqating

Batafsil ma'lumot

https://t.me/joinchat/AAAAAE6JbSV7-rkZQ54BLA