Get Mystery Box with random crypto!

#Iqtibos O‘QI VA O‘ZGAR! Inson o‘qishda bardavom ekan, muvaf | Registan LC | Qoratosh (Shayxontohur) filiali

#Iqtibos

O‘QI VA O‘ZGAR!

Inson o‘qishda bardavom ekan, muvaffaqiyat u bilan. Agar u o‘rganib bo‘ldim degan xayolga kelsa, o‘ziga-o‘zi muvaffaqiyatsizlikni hukm qilibdi.

Agar yangi narsalarni o‘qishda davom etmasang, aql va tafakkuring zamonga yetishib olmasa, demak, sen uchun vaqt to‘xtadi!

Microsoft tomonidan NOKIA shirkati sotib olinganda jurnalistlar bilan konferensiya bo‘lib o‘tdi. O‘shanda NOKIA ning ijrochi direktori quyidagi gaplar bilan so‘zini tugatdi:
"Biz bir xato ish qilmadik. Ammo qandaydir bir yo‘l bilan ziyon qildik". Shunday deb yig‘ladi. Kompaniyaning boshqa xodimlari ham unga qo'shilishdi.

NOKIA juda eʼtiborli shirkat edi. U o‘zi aytganidek, xato qilmadi. Ammo olam juda tez o‘zgarib ketdi. Ular ilm o‘rganishmadi, o‘zgarishmadi. Natijada, katta kompaniya bo‘lish imkonini qo‘ldan chiqarishdi. Ular faqatgina ko‘p pul ishlab olish emas, hayotda qolish fursatini ham boy berishdi.
Demak, o‘zgarmasang yo‘qolishga mahkumsan.

Abdulqodir Polvonov
"Qalblardan so'rang" kitobidan

@registan_qoratosh