Get Mystery Box with random crypto!

Registan LC Fergana

Telegram kanalining logotibi registan_fergana — Registan LC Fergana R
Telegram kanalining logotibi registan_fergana — Registan LC Fergana
Kanal manzili: @registan_fergana
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.90K
Kanalning ta’rifi

O'zbekistondagi Ta'lim Gigantining Farg'ona filiali
— Chet tili kurslari
— Abituriyent fanlari
— Kids kurslari
— Litsey
☎️ 998939002700
📲 @kurs_qabul

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-07-06 09:10:25 10-iyul — chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabulning so‘nggi kuni

2022-2023-o‘quv yili qabulidan
boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
Samarqand davlat chet tillar instituti;
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

Toshkent davlat pedagogika universiteti;
Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
Nukus davlat pedagogika institutining

xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Bunda mazkur ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Shu sababli mazkur ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar 10-iyulga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari (oldingi yillar bitiruvchilari) lozimligini eslatib o‘tamiz.

Qo‘shimcha ma’lumot: chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirmaydi va ularga chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

Bizning kanal:
@Registan_LC
415 views06:10
Ochish/sharhlash
2022-07-05 19:54:10
Assalomu alaykum Ustozlar. Avvalgi konferensiyamizdagi Ustozlarimizning ba’zi bir fikrlari. Xudo xohlasa ertaga ham ko’pchilikka manfaatli bo’ladi degan umiddamiz.

O’zingiz bilan sheriklaringizni ham olib kelishingiz mumkin.
525 views16:54
Ochish/sharhlash
2022-07-05 18:15:55
Registon o'quv markazining filiallari o'rtasida fizika fanidan zakovat musobaqasi

Fiziklar o'rtasida bo'lib o'tgan musobaqa qiziqarli jarayonlarga boy bo'lib o'tdi.

Zakovatdan maqsad: Registon o'quvchilarini olgan bilimlarini amalda tatbiq etishlari hamda ularni fanga bo'lgan qiziqishlarini oshirish.

Ushbu havola orqali to'liq videoni ko'ring:




Bizning kanal:
@Registan_LC
468 views15:15
Ochish/sharhlash
2022-07-04 06:16:19 Bugun (3-iyul kuni) Registon ta'lim loyihasining jamoa a'zolari xususiy ta'lim ustozlari bilan konferensiya o'tkazish maqsadida Farg'ona viloyatiga tashrif buyurdi.

Konferensiyada Registon ta'lim loyihasi asoschisi Avazbek Tulovov, Regbooks nashriyoti direktori Nurmurod Eshnazarov, Registon Media bo'limi xodimi Otabek Hoshimov, EduTizim ta'lim platformasi menejeri Temurbek Umarov va Registon Farg'ona filiali rahbari Ixtiyor Tursunovlar nutq so'zlashdi.

Konferensiyadan fotolavhalar: https://telegra.ph/Fargona-Talim-Konferensiyasi--03072022-07-03

Konferensiya so'ngida yig'ilishga tashrif buyurgan xususiy ta'limdagi ustozlar bilan savol-javoblar va yaqindan tanishuv qismi bo'lib o'tdi.

Missiyamiz: O'zbekiston ta'limini dunyoda birinchi o'ringa olib chiqish!

Bizning kanal
:
@Registan_LC
507 views03:16
Ochish/sharhlash
2022-07-03 08:23:15
Farg’ona San’at Kollejida Registon ta’lim loyihasining Xususiy ta’limdagi Ustozlar bilan konferensiyasi boshlandi.
600 views05:23
Ochish/sharhlash