Get Mystery Box with random crypto!

#Erkin_Fikr | O'yin oldidan 'Siti' va Holandning kuchi haqida | HALAMADRID | ASIA

#Erkin_Fikr | O'yin oldidan "Siti" va Holandning kuchi haqida ko'p gaplar aytildi, hatto Ueyn Runi kabi faxriy futbolchilar ham bugungi o'yinda "Siti" nafaqat "Real"ni mag'lub etishi, balki sha'nini pastga tushiradigan darajada dahshatli mag'lubiyatga uchratishini aytishdi.

Ko'pchilik "Siti" Madridda ustunlik qiladi va ikkala o'yinda ham g'alaba qozonadi va osonlikcha finalga chiqadi deb aytishdi va Holandning gol urishi "Bernabeu"da davom etishi haqida gapirishdi yoki bashorat qilishdi. Lekin "Real Madrid" muxlislari qanday javob berishdi deb so'rasangiz, "jim" deb javob beraman.

"Real Madrid" qanday klub ekanligini yuragimizdan bilamiz. Albatta, natija madridistlarni xafa qiladi, ammo baribir, "Real Madrid" g'alaba qozonish uchun maydon tanlaydigan klub emas. Agar "Siti" Bernabeuga kelib, ochko bilan qaytgan bo'lsa, nega "Real" "Etihad"da g'alaba qozona olmaydi? Natija kecha durang bilan yakunlangan bo'lsada, "Real" boshqa jamoalar kabi Pep Gvardiola jamoasiga osonlikcha taslim bo'lmasligini ko'rsatdi.

Qarshi klubga muxlislik qilayotganlar yoki antimadridistlar uchun eslatib o'tmoqchimanki, o'yindan oldin "Siti" Bernabeuda osonlik bilan g'alaba qozonadi deb hazil qilganingizdan hayron bo'ldim. Shunday gaplar davom etayotgan bir vaqtda Ryudiger Holandni to'xtata olmasligini aytdingingiz. Dunyoning ko'plab eng yaxshi himoyachilari Holamdni yolg'iz to'xtata olmagan..... Keyingi uchrashuvda ham futbolchilarning terlarisiz "Siti" "Etihad"da Madridni osonlik bilan mag'lub etadi degan gaplarni davom ettiravering! Biz esa Madridimizga ishonamiz! Hala Madrid!

@Jahongirmirzo_Abdusamiyev

@HALAMADRIDASIA — Biz birgalikda katta jamoamiz!