Get Mystery Box with random crypto!

Tonggi qisqa xabarlar: Messi PSJga o‘tishi haqidagi mish-mis | CHIROYLI GOLLAR

Tonggi qisqa xabarlar:

Messi PSJga o‘tishi haqidagi mish-mishlardan jahli chiqyapti. Barselonaning yangi rahbariyati rejalarini bilmagunicha, u biror qabulq ilmasligini bildirdi.

Ispaniya kubogi yarim finalida Barselona - Sevilya, Atletik Bilbao - Levante o‘yinlari bo‘ladi.

Barselona futbolchisi Fati tizzasidan jarohat oldi. Martgacha maydonga tusha olmaydi.

Zidan jurnalistlarga: “Real La Ligani 10 yil avval yutgani yo‘q. Hurmat qilishni biling. Yoki yuzimga ketishingni xohlayapmiz, deb ayting!”

Real Marseloni sotuvga qo‘ydi. Klub imkon borida uning transferidan pul ishlab qolmoqchi.

Afrikaning so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi futbolchisi — Muhammad Saloh, 2-Mane, 3-Marez [IFFHS].

Konkakaf mintaqasining so‘nggi o‘n yillikdagi eng yaxshi futbolchisi — Keylor Navas, 2-Chicharito, 3-Dempsi [IFFHS].

Osiyoning so‘nggi o‘n yillikdagi eng yaxshi futbolchisi — Son Xyon Min, 2-Honda, 3-Al Dousari [IFFHS].

Levandovski oxirgi 2 yilda birinchi marta penaltidan gol kirita olmadi. Bungacha 17 ta penaltini golga aylantirgandi.