Get Mystery Box with random crypto!

Falsafaga mehrim shu qadar ortyapti-ki oxirgi paytlar, sababin | Raykhon's books📚

Falsafaga mehrim shu qadar ortyapti-ki oxirgi paytlar, sababini oʻzim ham bilmayman hatto.
Qachondir men ham koʻzga koʻrinadigan kap-katta shaxs boʻlib qolsam psixologiya va falsafani chuqur oʻrganib, qalb psixologiyasi degan sohaga kirishga urinib koʻraman.
Online, offline kurslarmiyey, nimadirlar tashkil qilaman.
Qalb psixologi boʻlish uchun psixodiagnostika, va men hali bilmaydigan bir qancha sohalarniyam chuqur bilish kerak. Bu ham anchagina mehnat, qunt, masʼuliyat va vaqtni talab etadi, lekin inson har narsada oʻzini sinab koʻrishi, har narsani uddalay olishiga ishonishi lozim degan tushunchalar tarafdoriman.
Xullas, aytmoqchi boʻlganim, qachondir «Bitta zoʻr qalb psixologi chiqibdi, online, ofline kurslar, retritlar oʻtkizyapti ekan. Kouchinglari, treninglari, masterklasslari, zoʻr ekan. Metodikalari super, zoʻr motivatsiyalar beryapti, bormaymizmi a?» deb eshitsanggiz hech ikkilanmasdan boravering, oʻsha motivator, qalb psixologi men boʻlaman Albatta Xudo xohlasa)
Bular qachon qanday boʻladi, hozircha bilmayman, lekin orzu va harakat qilganlar yarim yoʻlda qolib ketmasligi aniq

Ana shunaqa)

T.me/Raykhona_literature