Get Mystery Box with random crypto!

Yo'q.... Endi ko'nglingdan chiqarolmaysan, Umringda quyoshdek | ﷽꯭❴꯭🌙꯭❵꯭◌꯭❥꯭◦꯭⋅ 𝚁𝙰𝚈𝙷𝙾𝙽 𝙰𝚉𝙸𝚉𝙱𝙴𝙺𝙾𝚅𝙰 𝙳𝙸𝙻𝙳𝙰𝙶𝙸 𝚂𝙰𝚃𝚁𝙻𝙰𝚁𝙸𝙼 🕋꯭꯭ཻ࿆◌꯭❥꯭◦⋅꯭❴꯭📿꯭❵꯭ﷺ

Yo'q....
Endi ko'nglingdan chiqarolmaysan,
Umringda quyoshdek porlayveraman.
Ming yillar qa'riga ketganingda ham,
Men seni samoday chorlayveraman..

Ismingni tonglarga yozaman mahtal,
G'unchalar bargida uxlayveraman
Yo'q , baxting meningsiz bo'lolmas tugal..
Men seni har lahza yo'qlayveraman...


Otashman,
Samoman
Dengizman,
Nurman,
Jism- u jahoningni o'rayveraman,
Ayt qanday topasan qochmoqqa imkon,
Men seni Hudodan so'rayveraman...


Men so'ngi tomchiman...
Yagona najot...
Faqat sen ichgin qistayveraman...
Qo'llarimda qoldi ...
Eng so'ngi hayot...
O'lsam ham ishqingni istayveraman

#man