Get Mystery Box with random crypto!

Hayot qimmatlashyapti 5 oylik harajatlarimni ko’rib chiqdim. | .

Hayot qimmatlashyapti

5 oylik harajatlarimni ko’rib chiqdim.

O’tgan yilga nisbatan narx navo 1,5 - 3x barobar qimmatlashibdi.

Yosh o’tgan sari odamning hayoti qimmatlashib boradi. Buning ustiga global narx navo oshyapti. Inflatsiya yuqori. Demak endi bir xil darajada yashash uchun daromading yiliga kamida 50% oshib borishi kerak.

Daromadni o’zini o’stirishga harakat qilishdan foyda yo’q. Fikrlashni va qobiliyatlarni (skills) o’stirish kerak. Ko’proq ishlash orqali ko’proq topishni o’ylama. Hozir buning payti emas.

Qiyin davrlarni imkoniyatlarga aylantir. Buning uchun:

Haftasiga 20 soatdan kam, 40 soatdan ko’p ishlama.

Istalgan kitobni o’qiy oladigan darajada ingliz tilini o’rganib ol

Sohangga bog’liq bo’lmagan mavzularda haftasiga 5 soat o’qi (for serendipity)

Sohang bo’yicha haftasiga kamida 5 soat o’qi

Fundamental moliyaviy savodxonlikni o’rgan.

Oddiy narsalar. Lekin shuni o’zi 1 yil ichida kutilmagan natijalar beradi.

@azizrakhimov_blog