Get Mystery Box with random crypto!

Chumolining to‘rt falsafasi Aslida tabiatning o‘zi buyuk mual | .

Chumolining to‘rt falsafasi

Aslida tabiatning o‘zi buyuk muallim. Tabiatni, atrofingizda ro‘y berayotgan tabiiy jarayonlarni kuzata turib ham, undan katta saboq olish mumkin. Keling, bizning e’tiborimizni tortgan chumolining to‘rtta hayot falsafasini o‘rganib chiqaylik. Balki bu holat sizga ham begona emasdir. Faqatgina undagi ayrim anglashingiz kerak bo‘lganlarini sizga eslatib o‘tmoqchimiz, xolos.

Birinchi falsafa.

E’tibor bersangiz, chumolilar hech qachon taslim bo‘lishmaydi. Harakatlanayotgan chumolini to‘xtatishga qancha urinmang, u baribir o‘z yo‘lida to‘xtab qolmaydi. Tepaga tirmashadi, pastga ketadi, lekin baribir faqat o‘ziga ma’lum bir yo‘nalishga intilaveradi. Sira taslim bo‘lmay, o‘zi istagan manzilga qarab intilish – juda go‘zal falsafa!

Ikkinchi falsafa
.

Chumolilar butun yoz davomida qish uchun ishlaydi. Axir yoz abadiy davom etmaydi-da. Shuning uchun ular yozda don-dun yig‘ib, qishga g‘amlab qo‘yishadi. "Qumdan qo‘rg‘on qurib bo‘lmas” deganlaridek, chumolilar yozning ne’matlarini ko‘rib, zavq olish o‘rniga, bu paytda qirchillama sovuqni ham "o‘ylashadi”. Ya’ni ularning ikkinchi falsafasi doim kelajakning g‘amini yeyish va erta uchun bugun qayg‘urishdir.

Uchinchi falsafa.

Chumolilar butun qish davomida yozga qanday yetib borishni ham o‘ylashiga nima deysiz? Ular qishlov uchun yer tagidagi uyasiga kirib ketishar ekan, "Qish abadiy davom etmaydi, biz tez kunlarda yana yorug‘ olamga chiqamiz”, deyishadi va qishning iliq kunlarida ham tashqariga o‘rmalab chiqishadi. Bu falsafaning mohiyati – doim yaxshi o‘zgarishlar ilinjida yashash va bundan umid uzmaslik.

To‘rtinchi falsafa.

Qishga tayyorgarlik ko‘rish uchun butun yoz davomida chumolilar qancha mehnat qilishlari kerak?.. Qancha kerak bo‘lsa, shuncha. Imkoni boricha, ishning barchasini bajarish – qanday ajoyib falsafa!

#Demak, chumolidan o‘rganishimiz kerak bo‘lganlari:
hech qachon taslim bo‘lmaslik
doim olg‘a intilish
ishonch va umidni uzmaslik
qo‘ldan kelgan ishning barchasini bajarish


Saidmurod Davlatov

@ravshanjakhanov