Get Mystery Box with random crypto!

Aka nima qilay? 1. Hayotda oson javoblar yo’q. Lekin ko’plar | .

Aka nima qilay?

1. Hayotda oson javoblar yo’q. Lekin ko’plar so’ragani uchun karyerani oddiy chizig’ini chizib beraman.

2. Kelajagi bor sohani tanlaysan (sotuv, IT, marketing, ta’lim, servis, content). Shu sohada yaxshi joyda 4000 soat ishlaysan.

3. Bu vaqt davomida kasbga bor mehringni berasan va doimo o’qib o’rganasan. (Cal Newport - so good they can’t ignore you, Seth Godin - Linchpin kitoblarini o’qib chiq).

4. 4000 soatlik tajribadan so’ng sohadagi asosiy bilimlarni olgan bo’lasan. Endi oldingda ikkita yo’l bor: 1 - Tavakkaldan qo’rqmaydiganlar xilidan bo’lsang shu sohada o’z biznesingni boshlasang bo’ladi.

5. — Biznes boshlagim kelmasachi?
— Ikkinchi yo’l, 2 va 3 banddagi shartlarni to’g’ri bajargan bo’lsang shu ishxonangda yaxshigina ko’tarilasan.

@azizrakhimov_blog