Get Mystery Box with random crypto!

Aslida muammomi? “Muhandis kabi fikrla” nomli kitobni o‘qish | .

Aslida muammomi?

Muhandis kabi fikrla” nomli kitobni o‘qish jarayonida Lao Tzuning bir fikriga duch keldim:

Fikrlaringiz so‘zlaringizga aylanadi. So‘zlar ko‘paysa ular amallaringizga ko‘chadi. Amallarni takrorlashingiz natijasida ular odat tusiga kiradi. Odatlaringiz sizning xarakteringizni shakllantiradi. Sizning xarakteringiz esa hayotingiz qanday bo‘lishini belgilab beradi.

Aqlli insonlar o‘z lug‘atlaridan “Muammo” degan so‘zni olib tashlashadi, maʼno jihatidan. Yaʼni, duch kelishgan muammolarga imkoniyat sifatida qarashadi. (Fikrlash)

Aksar hollarda muammo biz uchun muammoligining asosiy sababi bilimimiz yetishmasligidir. Demak, muammoni yechish uchun yangi bilim olish zarur, bu esa shaxsdan o‘z qobig‘idan tashqariga chiqishni, ko‘proq o‘rganishni talab qiladi.

Kishi komfort zonadan chiqishi uchun ham o‘zini yangi muammolar o‘rtasiga tashlashi, ko‘proq masʼuliyat yelkasiga yuklashi kerak. Muvaffaqiyatli, yirik kompaniyalar avval katta vaʼdalar berishadi, so‘ng uni bajarishga o’zlarini majburlaydilar. Kuchli shaxsiyatlarda bu xarakterga aylangan bo’ladi.

……..

Kitobga qiziqqanlar uchun uning inglizcha nomi “Think like an engineer”.

https://t.me/abdulloh_shamsiddin