Get Mystery Box with random crypto!

#tibbiyot Geroin, hozirgi davrning eng kuchli narkotik vosita | Turfa Faktlar

#tibbiyot

Geroin, hozirgi davrning eng kuchli narkotik vositalaridan biri bo‘lib, u 1971-yilga qadar dorixonalarda yo‘talga qarshi vosita sifatida sotilganidan habaringiz bormi?

19 asrda sil kasalligi o‘lim bilan tugaydigan, eng havfli dard edi. To‘liq shifosi topilmagan, faqatgina simptomlari asosan yo‘talni kamaytirib, biroz yengillatish zaruriyati bor edi. Tibbiyot hodimlari va ximiklar yo‘talga qarshi samarali vosita ishlab chiqish ustida ish olib borishardi va 1874-yilda diatsetilmorfin moddasi ishlab chiqildi, u nafaqat be’morlarni yo‘talini qoldirardi, shu bilan birga kayfiyatlarini ham ko‘tarar edi. 1898-yili Bayer AG “geroin” nomli yo‘talga qarshi sirop sota boshladi, uni tarkibida geroin moddasi bor edi. Yevropa va AQSh dagi dorixonalarda sotilar edi, lekin bu tarixiy faktni Bayer farmatsevtik kompaniyasi hozirga kelib hech qayerda esga olmaydi.

Eng Sara Faktlar

@Rasmiy_Fakt_Uz