Get Mystery Box with random crypto!

Notanish qizga atalgan maktub Menga ayt-chi senga ko'proq nim | Rashkchimsan❤️‍🔥

Notanish qizga atalgan maktub

Menga ayt-chi senga ko'proq nimalar yoqdi va nimalarni xushlamaysan. Men esa agar bular haqida senga aytib beradigan bo'lsam nima qizig'i qoladi? Undan ko'ra o'zingni kashf qil, deyman.

Meni hayotimda mavjud bo'lmay turib, ammo sen go'yo hayotimda bordek harakat qilishimni so'rama. Yo oq bo'l, yoki qora. Kulrang bo'lishga urinma. Ranging aniq bo'lsin. Agar sevsang, buni his qildir. Meni puch umidlar bilan qoldirib, o'zing boshqalar bilan orzular osmonida uchma. Agar sevmasang, hatto ismimni ham tilingga olma.

Sen qay makondasan nimalar qilayabsan bilmayman, ammo men har doim sen bilanman har nafasda mayin sochlaring va go'zal ko'zlarini ko'rish istagidaman...

Tabiatimiz bir xil shekilli senga qizil atirgullarni yoqtirishimni ham aytib qo'yay lekin moychechaklarni ifori ham boshqacha...

Qalbingni keng qil unda menga ham joy olib qo'y...
Alloh uchun iffatingni saqla dunyo go'zal bo'laman deb o'zingni o'qqa cho'qga urinma xo'pmi?

Libosing hijob kitobing...
Qur'on bo'lsin...
Bazilarga o'xshab dunyo go'zallari deb o'zingni koyitma xo'pmi?
Kuz fasli biroz xazonlar aro sayrga chiqamiz meni kutib tur xo'pmi?

@qizimga_maktub