Get Mystery Box with random crypto!

O'tmishdagi mendan kelajakdagi qizimga [ 26-maktub ] Salom q | Rashkchimsan❤️‍🔥

O'tmishdagi mendan kelajakdagi qizimga

[ 26-maktub ]

Salom qizalog'im...
Bu hayot sinovlari meni biroz toliqtirdi to'g'risi odamlardan va boshqa narsalardan nimadir kutishni to'xtatganimdan beri avvalgidek dilim og'rimayotganini sezdim va anglab yetdimki bulardam foyda yo'q. Endi avvalgi men yo'q, chunki uni o'chirib tashladim...

Men endi avvalgidek emasman. Endi bitta kulib qarashlari yoki Sms xabarlar bilan ham hech narsa o'zgarmaydi. O'zgartira olmaydilar chunki men bunga ruxsat bermayman. G'amga botib qolsam iztirob cheksam yoki ko'z yosh to'ksam ham buni ularga sezdirmayman. Bundan buyon kim menga qanday munosabatda bo'lsa xuddi shuni o'ziga qaytaraman.

Odamlar haqida hech qachon hukm chiqarmang. Zotan Payg'ambarimiz (s.a.v) aytgan qaysi so'z yoki ular haqidagi qaysi hadis bu asrga to'g'ri kelmaydi...

Shu asnoda Shekspir aytgan gaplari yodimga tushdi... "Men hamisha o'zimni baxtiyor sezaman. Bilasanmi nega? Chunki men hech qachon hech kimdan hech narsa kutmayman. Kutish - bu azob. Umr esa qisqa. Shunday ekan o'z hayotingni sev. Hamisha kulib bor. Gapirishdan oldin tingla. Yozishdan oldin o'yla. Duo qilishdan oldin ishon. Taslim bo'lishdan oldin kurash. Ozor berishdan oldin his qil. Nafratlanishdan oldin sev. O'lishdan oldin yasha..."

Men hech kimni tashlab ketmadim shunchaki ba'zi insonlar obro'si bor bekatda tushib qolishdi xolos...
Mayli ketayverishsin zarracha sevilmasliklarini ko'rishsin va buni suyak-suyaklarigacha his qilishsin to'xtatmadim ketayverishsin...
Biz hali sen bilan olis va yaqin kelajagimizni barpo etamiz qizalog'im....

@qizimga_maktub