Get Mystery Box with random crypto!

​​Halolimga yozilgan... [ 4-maktub ] Sen ham meni kutyapsanmi | Rashkchimsan❤️‍🔥

​​Halolimga yozilgan...
[ 4-maktub ]

Sen ham meni kutyapsanmi?

Men seni kutyapman. Ha, seni kutyapman, garchi senga loyiq bo‘lmasamda, kutyapman. Atrofda noshariy munosabatlar avj olgan kunlarning birida, Alloh meni sen bilan mukofotlashini kutyapman.

Kutar ekanman, qo‘rqyapman. “Hayosini saqlaganlar faqat sen o‘qiyotgan kitoblarda bo‘ladi. Hayot bu — boshqa”, degan xayollar miyamga sel kabi yog‘ib, aql-u xushimni olishidan qo‘rqyapman. Ochiq-sochiq kiyinishni — erkinlik, deyotganlarni ko‘rib qo‘rqyapman.

Sen ularga o‘xshama. Ularning yashashdan maqsadlari kiyimlarini har kuni har xil ko‘rinishda hafta kunlariga moslab kiyish, xolos. Nomahramlar bilan tunlari go‘yo yulduzli osmonni tomosha qilish uchun chiqishgandek yurish uchun yashayaptilar.

Ular buni “baxt” deb atashadi. Ular aldanganlardir. Itimos, sen aldanma. Barchasi sarob. Ular sarxushlar, balki, tush ko‘rishyapti. Ammo bu ko‘rayotgan tushlari uzoqqa cho‘zilmaydi. Zero, uyg‘onadigan “Kun” ga ham oz qoldi! Sen iffatingni saqla, soliham! Hayo ila o‘zingni beza.

Shaxzodbek

@Dengizdan_olisda