Get Mystery Box with random crypto!

​​Halolimga maktub... [ 3-maktub ] Senga yana bir gapni aytay | Rashkchimsan❤️‍🔥

​​Halolimga maktub...
[ 3-maktub ]

Senga yana bir gapni aytaymi...

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning aytganlaridek, tahajjudga turish uchun yuzimga suv sepib uyg‘otsang deyman. Garchi uyg‘oq bo‘la turib, tahajjudga uyg‘otishlikning ajri senga bo‘lsin, deya o‘zimni uxlaganga solib yotgan bo‘lsam ham. Faqat unutma, suvning juda muzdek bo‘lmasligiga ham e’tibor bergin :)

Bir-birini Alloh yo‘lida yaxshi ko‘rganlar Qiyomat kuni, Mahshar maydonida, buyuk Arshning soyasida yonma-yon turadigan insonlarimdan biri bo‘lishingni Allohdan so‘rayman. Ayt! Allohning taqdiri ila bir kun eshigingni qoqsam, Allohning amri, Rasulullohning sunnati ila qo‘lingni so‘rasam, rozi bo‘larmiding?!

Faqat ayro yo'llarni tanlamoqchi bo'lsang kelma...

Shaxzodbek