Get Mystery Box with random crypto!

O'tmishdagi mendan kelajakdagi qizimga [ 25-maktub ] Salom qi | Rashkchimsan❤️‍🔥

O'tmishdagi mendan kelajakdagi qizimga
[ 25-maktub ]

Salom qizalog'im. Fasllar almashib kunlar bizni kutmaydi, yaqinda qishning birinchi oyi ham tugamoqda kechsa esa havoda xazonlarni raqs qilishini kuzatib turardim...


Nuryuzligim, senga yozmoqchi bo'lgan navbattagi maktubim qishning sovuq, ayozli kunlarida yozish nasib qildi. Sen lekin xavotir olma Oyisham meni qalbim doim bahor fasliday tarovatli bo'ladi. Buning sababi sening namozlaring Bilasanmi qizalog'im qishning qaysi hislati yoqadi...? ayozi!!! Shunchalar ayozliki har bir insonni isinishga majbur qiladi. Qalbiga iliqlikni olib kiradi. Ko'rdingmi qizalog'im hech narsa ko'ringanidek emas! Sen doim allohga ishon, uni sev. Shunda sendan taralgan iffatning nuri bilan qalblarga nur, iliqlik,taskinlik olib kirolasan...


Sen meni qishda ochilgan moychechagimsan sen ham moychechak kabi sabr-bardoshli bo'I iffatingni, or-nomusingni, iymoningni haloling uchun asargin....

Hozir tungi soat 22:22 ko'cha biroz sovuq lekin sen yonimda ekanligingga bu sovuqlik his etamayabman. Ko'chalar chiroqlar bilan bezalgan biz(musulmonlar) uchun makruh bo'lgan bayram yani ,,Yangi yil" ni nishonlamoqdalar...

Qizalog'im bu bayram biz uchun emas bizning o'zimizning bayramlarimiz bor nuryuzligim Ramazon oyiga ham oz qoldi biz sen bilan Ramazon oyini bayramdek kutib olamiz xo'pmi?


Qalbimda qish ammo umidim bahor kabi sen bilan birga qizalog'im...

Soat biroz kech bo'ldi, ammo jamoat transporti tugashiga ham oz qoldi. So'ngi avtobus kelishiga ham 30 daqiqa qoldi har doim o'zim yolg'iz qoladigan joyimdaman bir o'rindiq ko'rdim u yerda besh daqiqa o'tiray degandim...
Bugun negadir har galgidan ko'ra kayfiyatim yo'q bu gaplarni nega senga aytayabman bilmadim-u lekin sendan boshqa aytadigan yaqinim yo'q sen kabi meni tushunadigan inson yo'q...

Seni juda ham yaxshi ko'raman nuryuzligim...

@qizimga_maktub | #Shaxzodbek