Get Mystery Box with random crypto!

​​Halolimga yozilgan... [ 2-maktub ] Azizam faqat bir narsaga | Rashkchimsan❤️‍🔥

​​Halolimga yozilgan...
[ 2-maktub ]

Azizam faqat bir narsaga kelishib olaylik, o‘g‘illarimizning ismini sen qo‘yasan, qizlarimizga esa men qo‘yaman. Bir gap aytsam ishonmaysan, bilasanmi, hozirdan ularning ismlarini o‘ylab qo‘yganman. Ularning Qur’onda ustozlari sen bo‘lasan, din ahkomlarida esa men. Kelishdikmi?

Senda onamni ko‘rishni istayman, garchi bu qiyin bo‘lsa ham ularga oz bo‘lsada o‘xshashingni xohlardim. Chunki bu dunyodagi mendan kamchilik qidirmaydigan, so‘zlarimdan xafa bo‘lmaydigan, har qanday holatda ham meni yaxshi ko‘radigan yagona inson — onamdir!

Doim kitoblar olgani sen bilan birga borsam, men senga birma-bir kitoblarni ko‘rsatsamu sen har safar u kitobni o‘qiganingni aytaversang. Men Oiz Qarniyning kitoblarini olamiz desam, sen esa: “Shayx Muhammad Sodiqning kitoblarini olamiz”, deb talashsang...

Shaxzodbek

@Rashkchimsanku