Get Mystery Box with random crypto!

​​Halolimga yozilgan... [ 1-maktub ] Menga turmushga chiqasan | Rashkchimsan❤️‍🔥

​​Halolimga yozilgan...
[ 1-maktub ]

Menga turmushga chiqasanmi?

Ha, ha, adashmading, rost aytyapman. Menga turmushga chiqasanmi? Men bilan halol munosabatlar ila hayotingni eng esda qolarli damlarini, yoshligingni, ilmingni, haloling uchun hammadan yashirgan go‘zalligingni, butun dunyo ayollari bir bo‘lsalar ham seningdek bo‘lolmaydigan iffatingni menga ravo ko‘ra olasanmi?

Deyarli har kuni bir xil jim-jitlikda o‘tayotgan kunlarimni o‘z beg‘uborliging bilan quvonchlarga to‘ldira olasanmi, menga go‘zalliklarni ko‘rsata olasanmi? Qiyinchilik va sinovlar to‘la bu dunyoda qo‘limdan tutishingni va bu dunyoning o‘tkinchiligini eslatib turishingni xohlardim.

Ayt, menga turmushga chiqasanmi? Allohning jamolini ko‘rishlik uchun bir-birimizni jannat tomon yetaklashga rozimisan? Kel, ularga — baxtni harom aloqalardan qidirayotganlarga asl baxtni islom shariatiga muvofiq yashashda ekanligini ko‘rsatib beramiz!

Shaxzodbek