Get Mystery Box with random crypto!

Ajinlar haqida bilishingiz kerak bo`lgan 10 fakt 1. Aniqlanish | ✨ Косметолог | Раьно | Ташкент✨

Ajinlar haqida bilishingiz kerak bo`lgan 10 fakt
1. Aniqlanishicha, ajinlar yuz terisiga 25 yoshdan so`ng chang sola boshlarkan.

2. Odam qovog`ini solganida 43 mushak harakatlanadi. Kulganida esa 17tasi. 2 ming marta qovog`iz uyusangiz, go`zalligingiz dushmani oy chehrangizda paydo bo`ladi. Kulsa, yuzga ajin tushadi degan afsona ishonib, qiyofangizga juda jiddiy ko`rinish beravermang.

3. Tamaki mahsulotlari ham ajinlar uchun teringizda qulay imkon tug`dirishadi. Ishonmaysizmi, chekmaydiganlar qaraganda chekuvchilarning yuzida ajinlar 10 marta ko`p bo`larkan-da.

4. Ajinlar birinchi navbatda peshanada, burun va iyak, ko`z atrofi, bo`yin, lab ustida yuzaga kelarkan.

5. Qoshlar orasidagilari esa ko`z bilan bog`liq muammolardan darak berishi mumkin.

6. Agar teri quruq bo`lsa, ajinlar yaqqolroq ko`zga tashlanadi.

7. Yog`li yuz terisi quruq va aralash turdagilarga qaraganda kamroq hujumga uchraydi.

8. Ko`proq suv ichsangiz, teringiz toksinlardan xalos bo`ladi. Natijada ajinlar muammosi sizni cheklab o`tadi.

9. Qora shokoladni ko`p iste`mol qiluvchilar ajinlardan himoyalangan bo`larkan. Chunki ularning tarkibida antioksidantlar sizni bu xavfdan asraydi.

10. Fastfud mahsulotlariga mukkasidan ketganlar esa ajinlarga yo`l ochib beruvchilar hisoblanarkan. Aniqlanishicha, ular ayol yoshi asl yoshiga qaraganda 4-5 yilga katta qilib qo`yarkan.
@rano_kosmetolog