Get Mystery Box with random crypto!

Yozda yuz terisini qanday namlantirish kerak? Yozning issiq k | ✨ Косметолог | Раьно | Ташкент✨

Yozda yuz terisini qanday namlantirish kerak?
Yozning issiq kunlarida bizning terimiz har qachongidan ham kattaroq e’tibor talab qiladi. Chang, issiq va quruq shamol kabi omillar hatto normal yuz terilariga ham salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun yoz faslida yuz terisi tarang, namlangan va yumshoq bo‘lib turishi uchun uni qanday qilib to‘g‘ri parvarish qilishni o‘ylab ko‘rish kerak.
Yuzingiz terisi turiga qarab maxsus kremlar tanlang
Tarkibida ko‘p miqdorda glitserin va gialuron kislotalari bo‘lgan namlovchi kremlar tanlaganingiz ma’qul. Yuz terisini kechqurun parvarish qilishni ham unutmang. Bunday holatlar uchun kecha davomida yuz terisini tiklashga, silliq va toza ko‘rinish berishga yordam beruvchi oziqlantiruvchi zardoblar mos keladi.

Namlovchi tonikdan foydalaning
Yuzingiz terisi suvsizlangan va quruq bo‘lib qolsa, faqat namlovchi krem yordam bera olmaydi.  Krem bilan birgalikda tarkibida SPF-omilli va yengil tuzilishga ega bo‘lgan namlovchi losyondan foydalanishni tavsiya qilamiz.
@rano_kosmetolog