Get Mystery Box with random crypto!

Bir kun kelib mendan voz kechdi deb oʻylasang, bu sirim fosh b | 𝐑𝐚𝐧𝐠𝐬𝐢𝐳 𝐗𝐚𝐲𝐨𝐭𝐢𝐦 🥀

Bir kun kelib mendan voz kechdi deb oʻylasang, bu sirim fosh boʻlsin...
Oʻshanda shu maktubni ochib, oʻqi degandim. Mening sirim sensan!
Koʻkragimning chap tomonida asrab-ardoqlaganim sensan!
Seni sogʻinib yashagan kunlarim, har nafasda ong-u shurimga muhrlangan ism sensan.
Endi oʻzing insof bilan ayt, men sendan voz kecha olamanmi?..
Men sendan hech kecholmadim...
Seni sevishda davom etmoq uchun takror va takror oʻzingda qoldim.
Sendan voz kechish oson edi, ammo sen ila qoldim. Ichimdagi suyukli yor timsolini oʻchirmadim.
Seni bir umr yetmas darajada kuchli sevdim.
Agar bir kun mendan voz kechdi deb oʻylasang, bil-ki sendan voz kechmaslik uchun seni sevgan oʻzligimni yoʻq qilib, oʻzga bir odamga aylanganman. Oʻzligimni oʻldirgan boʻlaman.
Ranjima, qoʻy, shoir aytganidek, qush oʻlar, parvoz mudom yodingda boʻlsin...

#kara_sevda

♡ ㅤ    ❍ㅤ      ⎙ㅤ     ⌲
ʲᵒᶦᶰ   ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ    ˢᵃᵛᵉ     ˢʰᵃʳᵉ

• T.me/rangsizxayootim |