Get Mystery Box with random crypto!

4-aprel, seshanba (13-kun) Saharlik vaqti: 04:42 Iftorlik vaqt | Ramazon taqvimi 2023

4-aprel, seshanba (13-kun)
Saharlik vaqti: 04:42
Iftorlik vaqti: 18:53 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Sahl ibn Muʼoz otasidan rivoyat qiladi:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim ota-onasiga yaxshilik qilsa, unga Tubo boʻlsin, Alloh azza va jalla uning umrini ziyoda qilsin”, dedilar».

Sharh: Bu hadisi sharifda ota-onasiga yaxshilik qilgan farzandlarga katta mukofot va barakotlar vaʼda qilinmoqda.

Kim ota-onasiga yaxshilik qilsa, unga Tubo boʻlar ekan. Tubo jannatning nomlaridan biri yoki jannatdagi daraxtning ismi yoxud saodat va yaxshilik maʼnolarini anglatadi. Shularning hammasi vaʼda qilinmoqda desak, yana ham maʼqul boʻladi.

“Umrini ziyoda qilsin” deganda, umrini barakali qilish maʼnosi tushuniladi. Belgilangan umrini yashaydi, lekin Alloh taolo uning umrini barakali qilib qoʻyadi.

Baʼzi ulamolar: “Alloh taoloning Oʻziga oson, belgilangan umrni uzaytirsa ham Oʻzining ishi, bunga birov aralasha olmaydi. Allohning irodasini hech kim qaytara olmaydi, xohlasa, shunday boʻlaveradi”, deyishadi.

Demak, kim umrim barakali, uzun boʻlsin desa, ota-onasiga yaxshilik qilishi kerak ekan.

"Odoblar xazinasi" kitobidan