Get Mystery Box with random crypto!

Nomlash (ing. naming) - loyihaga nom tanlash jarayoni. Brend n | Rakhmonaliyeva

Nomlash (ing. naming) - loyihaga nom tanlash jarayoni. Brend nomi - kompaniyaning marketing tarkibiga kiradi, loyiha muvaffaqiyati uchun muhim omillardan biri hisoblanadi.

Marketingda asosiy qoida: strategik darajadagi biron ishga qoʻl urishdan oldin, loyihaning maqsadini, uning isteʼmolchisini, qanday mahsulot va qayerda taqdim qilinishlarini aniqlab olish, oʻxshash boshqa loyihalarni oʻrganib, natijalar asosida qaror qabul qilish kerak. "Noming"da ham bular inobatga olinishi zarur.

Nomlashda ikkita asosiy qoida mavjud:

1) Loyiha nomidan, u nima ekanligi va qanday mahsulotni taklif qilayotgani maʼlum boʻlishi kerak;

2) Jalb etuvchi, esda qoluvchi, aytish va eshitish mahalliy aholi uchun oson boʻlishi kerak.

Birinchi qoida haqida qisqacha. Loyiha nomidan “nima bu?“, “nima qiladi/sotadi“, “anavindan qanday farqi bor“ kabi savollarga javob paydo boʻlishi kerak. Masalan: gazeta.uz (nima bu? -gazeta), BBQ Burger (nima bu? -fast food. Anavilardan nima farqi bor? -taomlar barbekyu usulida tayyorlanadi).

Ikkinchi qoida haqida qisqacha. Hamma oson nomlar band boʻlsa-chi? Boʻlmagan gap, variantlar koʻp. Humo market, Milliy taomlar, Buxoro, 777, Farzinka.uz, VIP kabi nomlar koʻp-ku. Hazil, oson nomlar band boʻlsa fishkalarni qoʻllang:

Fishkalar haqida qisqacha.

1) Umuman sizga aloqasi boʻlmasa ham, oddiy va qisqa soʻzlarni ishlatish. Hozirgi kunda bu usul uchun mevalar nomini ishlatish trend boʻlib kelyabdi. Masalan, Apple, Anor, Olcha, Mandarin.

2) “Xoʻrozqandni chet elniki desa yotib olib yalaydi bular!” (“Kelinlar qoʻzgʻoloni“dan). Chet tilini ishga soling. Bunda eng oson usul, oʻzbekcha nomni boshqa tillarga tarjima qilib, jozibadorini yoki loyihaga mosini tanlash. Masalan, Les Ailes - qanday ajoyib, qiziqarli, fransuzcha nom. Qanotlar (Les Ailesning tarjimasi) deb nomlanganda “yemas“di.

3) Loyihaga bogʻliq, oson, xalq ichida mashhur jumlalarni ishlatish. Eng qiyin, lekin virusli usul. Misol, Yaponamama - aslida ruscha soʻkinish soʻzi boʻlgan nomdan, begʻubor Yapon taomlari oshxonasi paydo boʻldi. Like.

4) Ikkita soʻzni jamlash. myTaxi - nima bilan shugʻullanishi nomidan maʼlum, ham chet tilida, ham mahalliy aholiga tushunarli soʻzlar, sodda va esda qolarli. Demak yaxshi.

Kanalga nom tanlashda ancha qiyinchiliklarga uchraganimiz uchun, birinchi postni “noming“dan boshladik. Aytgancha, hamma qoidalarni bilsangiz ham, baribir shaxsiy loyihangiz uchun nom tanlash qiyin boʻlib qolaveradi. Tabriklayman ;)