Get Mystery Box with random crypto!

Parvardigor birdir deganlar, Ramazonda nafsin yengganlar, Faqa | ELBEK RAXIMOV | RASMIY KANAL

Parvardigor birdir deganlar,
Ramazonda nafsin yengganlar,
Faqat halol luqma yeganlar,
Hayitingiz bo'lsin muborak!

Zolimlarning bo'shar to'rlari,
To'rlaridan yaqin go'rlari.
Payg'ambarning merosxo'rlari,
Hayitingiz bo'lsin muborak!

Taqlid qilmas eshakka otlar,
Ahir ular xangrashga yotlar,
"Rojdestvo"ni kutmagan zotlar,
Hayitingiz bo'lsin muborak!

ommabopyillar ElbekMirzo

Bu Ramazon tez tugadi deb,
Yig'layapman ich-etimni yeb,
Iymoniga berolganlar zeb,
Hayitingiz bo'lsin muborak!

Ushbu kunni uzoq kutganlar,
Ig'vonida chin unutganlar.
Ramazonda ro'za tutganlar,
Hayitingiz bo'lsin muborak!

Alloh deya dardin yengganlar,
Sajda qilib boshin egganlar,
Musofirlik nonin yeganlar,
Hayitingiz bo'lsin muborak!

Xaq yo'lida oqqan qonlari,
Xaq yo'lida chiqqan jonlari.
Butun dunyo musulmonlari,
Hayitingiz bo'lsin muborak!

Elbek Rahimovning Muhlislariga ham Ulug' Ramazon Hayit bayrami Muborak bólsin;
@RAHIMOV_ELBEK_RAXIMOV_ELBEK