Get Mystery Box with random crypto!

'El-Yurt Umidi' jamg'armasi ochiq stipendiya tanlovlari quyida | 🇺🇸🇺🇿 𝑸𝒖𝒗𝒐𝒏𝒄𝒉𝒃𝒆𝒌’𝒔 𝒃𝒍𝒐𝒈

"El-Yurt Umidi" jamg'armasi ochiq stipendiya tanlovlari quyidagi bosqichlardan iborat:

1-bosqich
Qabul qilingan hujjatlarning belgilangan talablarga mosligi yuzasidan saralash o'tkaziladi.

2-bosqich
Tanlovning 2-bosqichi ikkita qismdan iborat bo'lib,

1-qismda o'qish savodxonligi, tahliliy fikrlash, IQ(bakalavr uchun) va ilmiy maqola yozish ko'nikmasi(magistratura va doktorantura uchun) yo'nalishlari bo'yicha o'zbek tilida test sinovlari o'tkaziladi.

2-qismda test sinovlaridan yuqori ball to'plagan nomzodlarning xorijda ta'lim olishdan ko'zlangan maqsadi va olingan bilimlarni O'zbekitonda qo'llash imkoniyatlari, nomzodlarning ma'naviy-axloqiy tafakkuri, tanlagan mutaxassisligi bo'yicha bilim darajasi suhbat orqali ekspertlar tomonidan baholanadi.

O'ylashimcha, tanlovda qatnashish uchun yoziladigan essay, topshirilishi kerak bo'lgan hujjatlar va suhbat bosqichi haqida juda ko'p kanallarda batafsil ma'lumot berilgan. Shuning uchun, yana takrorlab o'tirmasdan, bu postda yangi qo'shilgan bosqich - test bosqichi(bakalavr uchun) haqida to'liq ma'lumot berishga harakat qilaman.

Test sinovlari Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida bo'lib o'tadi. Har bir nomzod o'sha yerda beriladigan login parollar orqali tizimga kiradi. Testlarni yechish uchun 2 soat vaqt beriladi. Test sinovlari jami 50 ta savoldan iborat: o'qish savodxonligi(20 ta savol), tahliliy fikrlash(15 ta savol) va IQ(15 ta savol). Har bir to'g'ri javob uchun 2 ball beriladi. Xohlagan biridan boshlashingiz mumkin, oldin ona tilini keyin IQ savollarini yechasan degan gap yo'q.

Savollar unchalik qiyin emas(mavzularni quyidagi havola orqali o'tib ko'rishingiz mumkin). Vaqt ham muammo bo'lmaydi. Shaxsan 1.5 soatga bormay testni tugatganman, lekin oxirgi soniyasigacha qayta tekshirganman)))

Testni tugatish tugmasini bosishingiz bilanoq to'plagan ballingiz chiqadi. Suhbat bosqichiga o'tdingizmi yo'qmi, deyarli ma'lum bo'ladi. O'tish balli aniq belgilanmagan, o'rtacha "performance"ga qarab belgilanadi, deb aytishgan. Natijalar(suhbat bosqichiga tavsiya etilganlar kuni va vaqti bilan) shu kuniyoq kechqurun e'lon etilgandi. Suhbat bosqichiga o'tish balli 50 ball qilib belgilangandi. Qaytaraman, o'tish balli o'rtacha natijaga qarab belgilanadi.

Ma'lumot uchun, men 84 ball to'plaganman(O'qish savodxonligi - 18/20, tahliliy fikrlash 11/15, IQ - 13/15) va bu eng yuqori natija edi...

Barchaga omad! Yana savollar bo'ladigan bo'lsa, kommentariyda yozib qoldiring.

Foydali manbalar:
Umumiy ma'lumotlar
Hujjat topshirish jarayoni
Essay yozishda nimalarga e'tibor berish kerak
Suhbat dasturi

Follow for more

@Shokhrukhs_diary