Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar ishlari agentligi Qo'shrabot tuman bo'limi

Telegram kanalining logotibi qushrabot_yoshlari — Yoshlar ishlari agentligi Qo'shrabot tuman bo'limi Y
Telegram kanalining logotibi qushrabot_yoshlari — Yoshlar ishlari agentligi Qo'shrabot tuman bo'limi
Kanal manzili: @qushrabot_yoshlari
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 165

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 14

2023-02-23 18:32:19
36 views15:32
Ochish/sharhlash
2023-02-23 18:32:18
35 views15:32
Ochish/sharhlash
2023-02-23 15:27:21
“Yosh kitobxon” tanlovining 10-14 yosh toifasida bo’yicha g’oliblar aniqlandi!

Navoiy viloyatidan Ibrohimova Aziza Jondulla qizi (474,1 ball) - Prezident sovg’asi “Spark” avtomobili sohibasi;

Buxoro viloyatidan Toxirova Malika Umid qizi (361 ball) 50 million so’m pul mukofoti sohibasi;

Jizzax viloyatidan Abdug’afforov Jasurbek Dunyomiddin o’g’li (319,7 ball) 30 million so’m pul mukofoti sohibi;

Shuningdek, final bosqichida qatnashgan barcha ishtirokchilar 10 million so’mdan pul mukofoti bilan taqdirlandi.

G’alabangiz bilan tabriklaymiz, aziz kitobxonlar! Yuqori yosh toifasidagi “Yosh kitobxonlar” musobaqasi davom etmoqda.

@alisher_sadullaev
41 views12:27
Ochish/sharhlash
2023-02-23 08:39:41
BIR NURONIYGA O‘N NAFAR YOSH
KEKSA AVLOD.UCHRASHUVI


Joriy yılning 23-fevral kuni Navkat mahallasi binosida ,,Bir nuroniyga o'n nafar yosh'', ,,Keksa avlod uchrashuvi'' tadbiri o'tkazildi. Mahallamiz nuroniylari maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bilan  suhbat qurib ularning kelajak orzulari,bugn yoshlarimiz kitobdan uzoqlashib borayotganliklari,yoshlarimiz bugungi zamonga mos fikrlay olishlari,dunyo qarashi yuqori bo'lishi uchun yoshlarga  pandu nasihat qildi .Mahalla nuroniysi A.Hamdamov so'zga chiqib har bir yosh bugun davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan keng foydalanib, kelajakda yaxshi kasb va hunar sohibiga aylanib farovon hayot kechirishi lozimligini aytib, barcha mahalla yoshlarini hamisha ota-ona va nuroniylar gaplariga quloq solishsa kam bo'lmasliklarini ta'kidladi.
https://t.me/Navkat_mahalla
56 views05:39
Ochish/sharhlash
2023-02-17 21:06:07
Nodirbekdan g‘alaba

Hamyurtimiz rossiyalik raqibi Andrey Esipenko(2675) ustidan ishonchli g‘alaba qozondi.

Esipenko oxirigacha dona surmadi, muddatidan oldin taslim bo‘ldi.

Barakalla Nodirbek

@alisher_sadullaev
24 views18:06
Ochish/sharhlash
2023-02-17 20:28:25
E’LON!!!
Joriy yilning 18-19-fevral kunlari ommaviy hashar - obodonlashtirish tadbiri o‘tkaziladi

Hurmatli tumandoshlar! Аziz QO‘SHRАBOTLIKLАR!

Tumanimizning har bir go‘shasi obod va pokiza bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Shu munosabat bilan joriy yilning 18-19-fevral kunlari tumanimizdagi barcha tashkilot va muassasalarda, mahallalardagi masjidu qabristonlarda, aholi xonadonlarida ommaviy hashar, obodonlashtirish tadbiri o‘tkaziladi.

Barchangizni mazkur hashar ishlarida faol ishtirok etib, tumanimiz obodligiga o‘z hissangizni qo‘shishga chorlab qolamiz!

Qo‘shrabot tuman hokimligi axborot xizmati

Ulaning va ulashing:

https://t.me/qushrabottumanhokimligi
22 views17:28
Ochish/sharhlash
2023-02-17 18:09:05
Shaxmat ixlosmandlari diqqatiga!

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan hududlarda yoshidan qat’iy nazar barcha shaxmatchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har hafta umumiy sovrin jamg‘armasi 5.000.000 so‘m bo‘lgan “Rokirovka” turnirlari bo’lib o’tmoqda

Turnirlar hududlardagi yuqorida ko’rsatilgan manzillarda bo‘lib o‘tadi.

Turnirda ishtirok etish mutlaqo bepul

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
42 views15:09
Ochish/sharhlash
2023-02-17 17:13:55 Prezident sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yoʻnalishida eng yaxshi startap” tanlovi oʻtkaziladi

Hukumat qarori (66-son, 15.02.2023-y.) bilan Prezident sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yoʻnalishida eng yaxshi startap” (President Tech Award) tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi

Nizomga koʻra, tanlov 2023-yil maydan har yili quyidagi 5 ta asosiy hamda 1 ta maxsus yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi:

sunʼiy intellekt texnologiyalari;
ijtimoiy yoʻnalishda raqamli texnologiyalar;
axborot va kiberxavfsizlik texnologiyalari;
tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
kompyuter va mobil oʻyin dasturlari.

Tanlovning asosiy yoʻnalishlarida 30 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston fuqarolari bir jamoa tarkibida (3–8 kishi) qatnashadi. 

Maxsus yoʻnalishda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidenti boʻlgan tashkilotlarda ishlayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham (3–5 kishi) ishtirok etishi mumkin.

Tanlov gʻoliblari quyidagi tartibda aniqlanadi:

asosiy yoʻnalishlar boʻyicha – jamoatchilik tomonidan maxsus portalda ovoz berish orqali;
maxsus yoʻnalish boʻyicha – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan.

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

5 ta asosiy yoʻnalish boʻyicha:

1-oʻrin uchun – 100 ming AQSH dollari;
2-oʻrin uchun – 50 ming AQSH dollari;
3-oʻrin uchun – 30 ming AQSH dollari;

Maxsus yoʻnalish boʻyicha (bitta)100 ming AQSH dollari.

Tanlovda ishtirok etish uchun pul undirilmaydi.

https://t.me/YIAhujjat
31 views14:13
Ochish/sharhlash
2023-02-17 14:11:02
#Xushxabar

QOʻSHRABOTLIK YANA BIR OʻQUVCHI GRANT SOHIBI BOʻLDI


Qoʻshrabot tuman xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 12-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchisi Abduvohidov Tangriberdi matematika fanidan  xalqaro Jautikov olimpiadasida yuqori ball olganligi uchun PDP Universiteti tomonidan 12 000 000 (Oʻn ikki million) soʻmlik GRANTni qo‘lga kiritdi.

Tangriberdini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz!

@Istiqbol_sari
41 views11:11
Ochish/sharhlash
2023-02-16 17:41:17 Kelgusi o‘quv yilida 14 ta yo‘nalishga sirtqi ta’lim uchun qabul bo‘lmaydi, boshqa yo‘nalishlar uchun 5 yillik pedstaj talab qilinadi

Prezidentning 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-sonli qaroriga asosan 2023/2024 oʻquv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarining quyidagi 14 ta taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi:

60110600 — Matematika va informatika
60110700 — Fizika va astronomiya
60110800 — Kimyo
60110900 — Biologiya
60111000 — Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
60111400 — O‘zbek tili va adabiyoti
60111500 — Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
60111600 — O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili
60111700 — O‘zga tilli guruhlarda rus tili
60111800 — Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
60112000 — Chaqiriqqacha harbiy ta’lim
60112500 — Maktab menejmenti
60112600 — Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (tillar bo‘yicha)
60112700 — Maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha)

Yuqoridagi koʻrsatilmagan pedagogika sohasidagi taʼlim yoʻnalishlariga sirtqi taʼlim shakli boʻyicha oʻqishga taʼlim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan shaxslar qabul qilinadi.

Bunda, pedagogika sohasidagi taʼlim yoʻnalishlarida sirtqi taʼlim shakli boʻyicha oʻqish istagida boʻlgan shaxslarning taʼlim tizimida kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi maʼlumotlar asosida belgilanadi.

Kanalga ulanish
https://t.me/uztdi
54 views14:41
Ochish/sharhlash