Get Mystery Box with random crypto!

Bugun, 1-aprel kuni Qo'shrabot tuman (SEO va JS) sanitariya ep | Yoshlar ishlari agentligi Qo'shrabot tuman bo'limi

Bugun, 1-aprel kuni Qo'shrabot tuman (SEO va JS) sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi binosida "Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o'zimizniki" mavzusida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Shuningdek, tadbir so'ngida "Zakovat" intellektual o'yini SEO va JS bo'limi tomonidan tashkillashtirilib, bilimdonlar bellashuvida tumanning barcha sektorlaridan jamoalar ishtirok etishdi.

Bilimdonlar bellashuvida
1-o'rinni 3-sektor jamoasi,
2-o'rinni 1-sektor jamoasi,
3-o'rinni 2-sektor jamoasi
qo'lga kiritdilar.
G'olib jamoalar va munosib ishtirokchilar tashkilotchilik tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Qo'shrabot tuman hokimligi axborot xizmati

Ulaning va ulashing:

https://t.me/qushrabottumanhokimligi