Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston va Jazoir «aql markazlari» o‘rtasidagi hamkorlik S | Yoshlar ishlari agentligi Qo'shrabot tuman bo'limi

O‘zbekiston va Jazoir «aql markazlari» o‘rtasidagi hamkorlik Saudiya Arabistoni OAV diqqat markazida
 
Saudiya Arabistonidagi yetakchi elektron nashrlardan birida «O‘zbekiston va Jazoir tahliliy markazlari ekspertlari o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish va amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha onlayn konferensiya o‘tkazildi» sarlavhali  axborot materiali eʼlon qilindi.

«O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasidagi do‘stona sheriklikni rivojlantirish, ikki davlat tahlil markazlari o‘rtasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida onlayn konferensiya tashkil etildi,- deyiladi nashrda. - Anjumanda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Jazoirning Global strategik tadqiqotlar milliy instituti mutaxassislari, diplomat va olimlar ishtirok etdi. Unda tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar».

You tube | Instagram | Telegram | Facebook