Get Mystery Box with random crypto!

1 mart – O‘zbekiston xalq shoiri  Zulfiya tavallud topgan kun | Yoshlar ishlari agentligi Qo'shrabot tuman bo'limi

1 mart – O‘zbekiston xalq shoiri  Zulfiya tavallud topgan kun

Atoqli, hassos  o‘zbek shoirasi Zulfiya 1915 yilning 1 martida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Shoira umr bo‘yi jurnalistika hamda nashriyot sohasida ishladi.

U 1935-1938 yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938-1948 yillarda “Bolalar” nashriyoti muharriri, O‘zbekiston davlat nashriyoti bo‘lim mudiri, 1953 yilgacha “Saodat” jurnalida bo‘lim mudiri, 1953 yildan to 1980 yilga qadar - salkam o‘ttiz yil davomida shu jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlab keldi.

Yirik o‘zbek shoiri Hamid Olimjonning turmush o‘rtog‘i, hassos she’riyati bilan millionlab  qalblarni maftun etgan shoira 1996 yilning 1 avgustida vafot etdi. She’riyat malikasining  hayot yo‘li barcha zamonlar avlodi  uchun ham chinakam sadoqat va vafo timsoli bo‘lib qolaveradi.

You tube | Instagram | Telegram | Facebook