Get Mystery Box with random crypto!

#sarhisob 2022-yil juda ham shiddatkor, shafqatsiz va asabbuz | QO'SHKO'L OFFICIAL

#sarhisob

2022-yil juda ham shiddatkor, shafqatsiz va asabbuzar yil bo’ldi to’g’risi. Biznesimizni bir qismi bankrot bo’ldi, xatolardan dars oldik, xulosalar qildik! Lekin muvaffaqiyatlar ham zo’r bo’ldi.

Birinchidan @Qushkulofficial ni kattaroq qilib ochishga muvaffaq bo’ldik. Kichkinagina bo’lsada komanda shakllantirdik.

Ikkinchidan, o’tgan yilda IELTS topshirgan o’quvchilarimiz ko’pchiligi 7/ 6.5 natijalar ko’rsatishdi(6 va 5.5lar juda kamayib ketdi) bu yaxshi tendensiya albatta!

Uchinchidan, abituriyent shogirdlarimiz deyarli 95% natija bilan universitetlar talabalari bo’lishdi,univerlar qatorida Diplomatiya, Milliy, Jahon tillari va bosh VUZlar bor!

To’rtinchidan, CEFR topshirdik va C1 oldik, shogirdlar ham CEFRdan yaxshi ballar olishdi.

Beshinchidan, 4-imtihonimizni topshirdik IELTSdan. Garchi kimlardir bu ustoz 7 olib zerikmas ekanda degan bo’lsada, o’zim uchun Reading sectionda ancha o’sishni his qildim, endi 8 olish orzu emas uje, malchikiiii(

Oltinchidan, qilishga ulgurmagan juda ko’p ishlarimiz borligiga qaramay, nimalardir qilishga ulgurdik va bu yo’lda davom etyapmiz!

2023-dagi asosiy maqsad, Qo’shko’lni yanada kuchaytirish, o’quvchilarimizni a’lo natijalar bilan markazni bitirib ketishlarini ta’minlash.Mavbatdagi muhim vazifam o’zimga o’xshagan shogirdlarni sonini ko’paytirish(20tacha yangi ustoz tarbiyalash) Bundan tashqari, IELTS topshiramiz bu yil ham. InshaAlloh, 7-10tacha yaxshi niyatlarimiz bor, bular ustida ham jiddiy ishlaymiz!