Get Mystery Box with random crypto!

O'lmas Olloberganov Kutaman Har bahor yo’lingda intizor Kuta | Qushiqlar matni🎙🎶Va Minusi qushiqni ham topamiz

O'lmas Olloberganov

Kutaman

Har bahor yo’lingda intizor
Kutaman, ahdiga vafodor.
Yurakda asragan gapim bor,
Kutaman, kelmasang
Dunyodan yolg’iz o’taman.
Kutaman, kelmasang
Dunyodan yolg’iz o’taman.

Rayhonni tebratsa shamollar
Gullarga beraman savollar,
Kechiring, ey sohibjamollar,
Kutaman, kelmasang
Dunyodan yolg’iz o’taman.
Kutaman, kelmasang
Dunyodan yolg’iz o’taman.

Qirlarga qo’nganda subhidam
Ko’zlarim yo’lingda dambadam,
Yozda ham, kuzda ham, qishda ham
Kutaman, kelmasang
Dunyodan yolg’iz o’taman.
Kutaman, kelmasang
Dunyodan yolg’iz o’taman.

Kutaman, kutaman, kutaman…

https://t.me/qushiqlar_matnlari