Get Mystery Box with random crypto!

Qur'on va Tajvid | Rasmiy sahifa

Telegram kanalining logotibi quron_va_tajvid — Qur'on va Tajvid | Rasmiy sahifa Q
Telegram kanalining logotibi quron_va_tajvid — Qur'on va Tajvid | Rasmiy sahifa
Kanal manzili: @quron_va_tajvid
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.93K
Kanalning ta’rifi

• Qur'on ahkomlari va Tajvid qoidalarini batafsil o'rgatib boruvchi sahifa.
• Instagram | http://instagram.com/quron_va_tajvid
Murojaat uchun: @Manager_Arabtili

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-23 09:11:48 Qur'on O'qish bilan vaqtlarga barokat keladi !

https://t.me/Quron_va_Tajvid
2.4K views06:11
Ochish/sharhlash
2022-08-22 09:43:09
#Videodarslik
#MUALLIM_SONIY

Muallimi soniy | 71-dars | Falaq surasi

Shayx Alijon qori

@AlQuranuz

@Quron_va_Tajvid
2.7K views06:43
Ochish/sharhlash
2022-08-22 07:17:46
#Foyda

OZ BOʻLSA HAM QURʼON TILOVAT QILIShNI KANDA QILMANG

Ibn Abbos roziyallohu anhumo deydi:

"Biringiz bozoridan yo biron bir hojatidan uyiga qaytsa, yotar joyida (uxlashdan oldin) oʻtirib, Qurʼondan uch oyat boʻlsa ham oʻqib qoʻysin, uni bunday qilishdan hech narsa toʻsmaydi (yaʼni, qiyin ish emas)".

Dorimiy "Sunan"da (3379) sahih sanad bilan rivoyat qilgan.

Ulashing
https://t.me/Quron_va_Tajvid
2.7K views04:17
Ochish/sharhlash
2022-08-22 05:43:49 QUR’ON TILOVATI ODOBLARI

Qurʼoni Karimni tilovat qilish odoblari haqida Imom G‘azzoliy rohimahulloh shunday deydilar:

“Qurʼonni haqiqiy tilovat qilish tilovatda til, aql va qalbning ishtirok etishidir. Tilning nasibasi - tartil ila harflarni to‘g‘ri talaffuz etish. Aqlning nasibasi - maʼnolarni tafsir qilish. Qalbning nasibasi esa - saboq olish, taʼsirlanib, qaytariqlardan qaytish va buyruqlarga bo‘ysunishdir. Demak, til tartil qiladi, aql tarjima qiladi, qalb esa saboq oladi."

Toʻliq oʻqish uchun
2.3K views02:43
Ochish/sharhlash
2022-08-21 11:05:07
#Tajvid #Harf #Maxraj

● Harf: ت
D.R Ayman Suvayd

Tajvidni, ustozni oģzidan eshitishlik bilan komillashadi.
Agar harflaringizda nuqson bo'lsa qayta va qayta tinglashlik bilan uni to'grilashingiz mumkin

Ulashing
https://t.me/Quron_va_Tajvid
2.8K views08:05
Ochish/sharhlash
2022-08-20 20:02:29 10 ta o'quvchi uchun joy mavjud
2.9K views17:02
Ochish/sharhlash
2022-08-20 20:01:12
Al Qoida Nuroniyah

Kimlar uchun?
Harflarni tanish, yozish mustahkamlash, ularni qoʻshib oʻqiy olish va kurs soʻnggida Qurʼonni oʻqish imkoniga ega boʻlish istagidagi tolibalar uchun

Vaqti: Seshanba va Juma 20:00
Narxi: 150.000 ( 10 ta dars uchun, umumiy dars davomiyligi 2,5 oy. Jami 20 ta dars)

Oʻquvchi soni: 12 ta
Yosh: 10 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan ayol qizlarimiz uchun.
Dars shakli:
onlayn, telegram chatda
Ustoza: 4 yil ( online + oflayn) dars berish tajribasiga ega.


Murojaat: @Manager_Arabtili
2.7K views17:01
Ochish/sharhlash
2022-08-20 14:29:57
Оҳирги мартта қачон Қуръон ўқидингиз?


http://t.me/Quron_va_Tajvid
2.7K views11:29
Ochish/sharhlash
2022-08-19 18:57:23 #etirof

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Kurs haqida fikrlarim... Xullas, ma Shaa Alloh. Inson o'ziga muhim bo'lgan biror narsasini yo'qotib qayta topsa, qanchalik sevinadi?! Men ham bu kursga qo'shilib shunday sevingandim... Taqdir bo'lib, darslarni oxirigacha qatnasha olmadim. Lekin men ko'p narsa o'rgandim. Rosa bir nimalar yozmoqchiydim lekin hayajonlanyapmanmi kim bilsin, gapim tugab qolyapti))) Guruhda, ayniqsa, bitta oiladek bir-birimizga g'amxo'rlik qilishlarimiz... hammasi ajoyib bo'ldi. (Bir kuni mazam bo'lmagandi bir uxtiy shaxsiyimga yozib dori tavsiya qilib, qachon qaysi paytda ichishimgacha aytgandi qattiq xursand bo'lgandim - mana shunda his qilgandim bir oiladek bo'lganimizni...)

Xullas, shunaqa gaplar.
Ustozamiz ham ilm tarqatish yo'lini - juda savobli ishni tanlaganlar. SubhanAlloh! Alloh ajrlarini ziyoda qilib bersin, ilohim.

Ustoza va barcha toliba sheriklarimizning hammasini Alloh uchun yaxshi ko'rib qolganman! Alloh yaxshi kunlarda barchamizni diydorlashtirsin, amiyn.

Kurs haqida juda ko'p fikrlar boridi, 1 oy ichida shunchalik yaqin bo'lib ketgandim. 1yil birga o'qisammi))) Kim biladi qanchalik yaqin bo'lib ketar edik ekan-a?

Vaqtilarni olganim uchun uzr. Sabr qilib o'qiganilarga rahmat. Alloh hamisha hamrohingiz bo'lsin, yaxshi kunlarda yaxshilik ustida ko'rishaylik, deb hurmat bilan:

Tazkiya )

Qur'on va Tajvid ilmgohining alochi tolibasi.
3.2K views15:57
Ochish/sharhlash