Get Mystery Box with random crypto!

#Rasmiy_munosabat | Qumqo‘rg‘on yangiliklari | Azamat Muradov

#Rasmiy_munosabat

Bugun "Qumqo'rg'on yangiliklari" telegram kanalida Qumqo'rg'on tumani Boymoqli maxallasi Toshguzar ko'chasi fuqarolari yo'l bo'yida noqonuniy to'kib ketilayotgan chiqindidan norozi bo'lishmoqda mazmunidagi habarlar tarqaldi. Tarqalgan ushbu murojaat yuzasidan bugun O'zbekiston Ekologik partiyasi Qumqo'rg'on tuman kengashi Raisi F.Toshmamatov zudlikda hududga borib Boymoqli maxallasida bo'lib murojaatchi fuqaro M.A bilan uchrashdi. Suxbat davomida ma'lum bo'lishicha maxallaning Toshguzar ko'chasi yo'l yoqasida har xil chiqindilar to'kib ketilayotganligi va ekologiyaga zarar yetkazayotganligi ma'lum bo'ldi. "Boymoqli" maxallasi yettiligi hamkorligida ushbu Murojatni o'rganib chiqindini tashab ketayotgan fuqoro aniqlandi va unga Profilaktika inspektori tomonida hatti harakatlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Fuqaro Ma'muriy javobgarlik to'grisidagi kodekisning 161 moddasiga asosan javobgarlikka tortildi.

@QUMQORGONEWS