Get Mystery Box with random crypto!

Kun.uz, Darakchi.uz va Subyektiv jurnalisti qumqo’rg’onlik Sar | Qumqo‘rg‘on yangiliklari | Azamat Muradov

Kun.uz, Darakchi.uz va Subyektiv jurnalisti qumqo’rg’onlik Sardor Usmoniy ham o’z facebook sahifasida Yangiyerdagi bugungi holatga o’z munosabatini shunday bildirib o’tdi.

Olgʻa, Qumqoʻrgʻon yoxud Chingizning gapi…

Men tugʻilib oʻsgan Qumqoʻrgʻon tumanidagi “Yangiyer” mahallasida bittagina stadion bor. Oʻsha shaharchaning sport tadbirlari bormi, Navroʻz sayllarimi, umuman, hamma yigʻinlari oʻsha yam-yashil, YAROQLI maydonda oʻtkazila(r)di. Toki bogʻcha qurish uchun uning oʻrtasidan qazishni boshlashmaguncha. Uzrkuya, ahmoqlikning chegarasizligi bu.

Shaharlarda joy yoʻq deysan. A, bu qishloqda bogʻcha qurishga joy qurib qolganmi deging, buralab-buralab soʻkking keladi. Na qurilish talablariga amal qilingan, na obyekt pasporti bor, na mahalla aholisidan ruxsat olingan. Qumqoʻrgʻonlik “yangi boylar”ga shahar bedarvozadek.

Tuman hokimidan tezda bu ahmoqchilikka barham berishini talab qilamiz. Prezident har bir mahallaga borganda, oʻsha hududning oʻz sport maydoni, hammomi, kutubxonasi boʻlsin, deganini shaxsan qarshisida turib, oʻz quloqlarim bilan doim eshitaman. Balki, tumanimiz hokimi eshitmay qolgandir bu talabni. Xullas, hissiyotsiz yozib boʻlmaydigan ish boʻldi.

@QUMQORGONEWS